So’nggi yangiliklar

07:02Ян ва Двалишвилининг трилогия учун гонорари айтилганидан бироз кўпроқ бўлиб чиқди 0 23:13Волкановски ва Мовсар Евлоевнинг гонорарлари маълум 0 22:38UFC 337 турнирининг асосий жанги айтилди 0 21:46Карлос Пратес: "Махачевнинг меросига чек қўяман" 0 20:50UFC Сидней турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 20:03Хитойда Мбаппе билан боғлиқ можаро сабабли Ла Лига ўйинлари трансляция қилинмайди 0 19:29Пëтр Ян UFC`нинг энг яхши уч жангчиси қаторига кирди 0 18:43RIZIN чемпиони Ражабали Шайдуллаев Волкановски билан жанг қилиш ниятида 0 18:11Хамзат Чимаев Шон Стриклендни исталган вазнда жангга чорламоқда 0 17:33"Ливерпуль" МЮнинг трансфер мақсадини илиб кетиши мумкин 0 16:46Дзюдочиларимиз Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:02Маҳмуд Мурадов Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди + ФОТО 0 15:17Двалишвили мағлубиятдан сўнг: "Бу машинани тўхтатиб бўлмайди" 0 14:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Қувайт клубини қабул қилади 0 13:56Манба: UFC 2027 йилда Россияда турнир ўтказиши мумкин 0

30 iyu 13:50
Yangiliklar

Futbol

Murod Aliev "Paxtakor" bilan o'yinda ko'tarilgan banner haqida: "SHu erda rahbar bo'lib noto'g'ri ish qilayotgan joyimiz yo'q"

"Bunyodkor" klubi bosh direktori Murod Aliev oxirgi paytlarda ro'y berayotgan muammolar, xususan "Paxtakor" bilan o'yinda ko'tarilgan banner haqida saytimizga intervyu berdi.

"Bu kunlar ham o'tib ketar"

O'zbeklarda bitta maqol bor: "Oshing halol bo'lsa, ko'chada egin". Ochiqchasiga javob beraman, shu erda rahbar bo'lib noto'g'ri ish qilayotgan joyimiz yo'q. Qo'limizdan kelganicha klubga yordam beryapmiz. Bu kunlar ham o'tib ketar. Qiyin vaziyatligini hamma bilib turibdi. Bilasiz, bizda klub va stadion direkciyasi alohida. Direkciya — maydon va hududga javob beradigan tashkilot. U O'FA qoshida, klubga aloqasi yo'q. "O'zbekneftgaz" bizga ham pul berardi, direkciyaga ham ajratardi.

Har bir jamoa keyingi mavsumga tayyorgarlikni dekabr oyida boshlaydi va futbolchilar bilan muzokaralar olib boradi. O'tgan yili 5-o'rinni oldik, moliyaviy tomondan muammo yo'q edi. Hamma sharoitlarni yaratdik, chiroyli o'yin ko'rsatdik.

O'tgan yilgi qarzlardan bizga "O'zbekneftgaz"dan 4 milliard 300 ming so'm pul etib kelmadi, chunki qo'shimcha smeta qilingandi. Rahbariyat o'zgargani sababli bu pulni ololmadik. Tayyorgarligimiz boshqacha kechayotgan edi, lekin o'sha paytda rahbariyatda o'zgarish yuz berdi.

"11 milliardni o'zimiz topdik"

Keyin mart oyida Prezidentimizning 107-sonli qarori, yani 35 milliard so'm ajratish bo'yicha hujjat chiqdi. Bundan 10 milliardini berishdi. Yurtboshimizga rahmat. O'FA bu mablag'ni qanchadan tarqatish kerakligini ko'rsatib berdi.
Biz shunchaki o'tirganimiz yo'q. Bundan tashqari, o'zimiz 11 milliard so'm ishlab topdik. Bu — shu hududdagi ijaralar va akademiyamizga keladigan bolalarning to'lovidan tushadigan pullardir. SHu kungacha etib keldik; safarlarga borish-kelishda, mehmonxonalarda muammo bo'lmadi.

Direkciyadagi ishchilarning maoshi bizga aloqador emas. Ular yil boshida maosh olishmadi, keyinchalik 5 oylik maoshlari tashlab berildi.

"Pul yaxshiligida fan-klub ham yonimizda turdi..."

Bannerga to'xtaladigan bo'lsak, fan-klubdagi tushunadigan yoki tushunmaydigan insonlar rahbar shunchaki o'tiribdi, deb o'ylashmoqda. O'tgan yili pul yaxshiligida fan-klub ham yonimizda turdi.

Bizdagi ahvol "Nasaf", "Surxon", "Buxoro"da ham bor. To'g'ri, ularga hokimiyat yordam berayotgandir. Biz ham xat chiqarganmiz, lekin hech kim kelib yordam berayotgani yo'q, kunimizni o'zimiz ko'ryapmiz.

Achinarli hol, "Bunyodkor"da Rivaldo masalasi turibdi. Bu — 2010 yilgi masala. Sport arbitraj sudining qarori chiqqan. SHu erda o'tirib, "O'zbekneftgaz" xodimlari futbolchi bilan muzokara olib borib, summani kamaytirishga erishgan edik. 5 yilda qisman-qisman yopamiz, degan shartnomaga imzo chekilgan. 2 yilini yopdik. 3-yilga kelib o'zgarishlar sabab pul to'xtab qoldi. To'g'risini aytganda, chiqmagan joyimiz qolmadi. Javob esa bitta: "Homiylik qila olmaymiz".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing