20 mar 15:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev "China Dragons"ga qarshi jangdan so'ng nimalar dedi?
Xitoylik bokschilarga qarshi bo'lib o'tgan jangdan so'ng Rio Olimpiadasi sovrindori, "Uzbek Tigers" bokschisi Murodjon Ahmadalievning fikrlari bilan qiziqdik.
"Jangni yaxshi o'tkaza oldim. Ushbu to'qnashuvga psixologik tomonlama ham jiddiy tayyorlangandim. O'ylaymanki, ushbu jang muxlislarga yoqdi.
Nasib qilsa, 1 aprel kuni qozog'istonlik bokschilarga qarshi bo'lib o'tadigan janglarda ham kuchli tarkibimiz ishtirok etadi va o'sha to'qnashuvda ham g'alaba qozonamiz.
Fursatdan foydalanib, xalqimizni Navro'z bayrami bilan tabriklab qolmoqchiman. Barcha-barchani o'z nomimdan, sportchilar nomidan qutlayman", - deydi Murodjon Ahmadaliev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar