14 sen 05:39
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev Nyu-Yorkda ettinchi jangini o'tkazdi
Hamyurtimiz kolumbiyalik Vilner Sotoga qarshi ringga ko'tarildi. Ikkinchi engil vazn (55,3 kg) toifasida o'tgan 10 raundlik jang muddatidan avval yakunlandi. Referi Erik Dali 4-raundda jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Ahmadaliev Sotoni texnik nokautga uchratdi.
Bu Murodjonning prof boksdagi 7-jangdagi 7-g'alabasi bo'ldi. Muddatidan avval qozonilgan g'alabalar soni 6 taga etdi. Soto esa bugun professional ringdagi 29-jangini o'tkazdi va 7-mag'lubiyatini qabul qildi. Nokaut bilan yutqazgan mag'lubiyatlari 3 taga etdi. 22 ta jangni o'z foydasiga hal qilgan (12 ta nokaut).
Eslatib o'tamiz, aslida bugun Murodjon Ahmadaliev ikki yo'nalish bo'yicha jahon chempioni amerikalik Daniel Romanga qarshi jang ringga ko'tarilishi lozim edi. Ammo, Roman jarohat sabab chempionlik jangi bekor bo'lgan edi.
Fikrlar