03 sen 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev va Daniel Roman o'rtasidagi jang o'tkazilmaydi
WBA va IBF kamarlari sohibi Daniel Roman Murodjon Ahmadalievga qarshi ringga ko'tarilmaydi.
Bu haqida Roman ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida malum qildi.
"Afsus bilan shuni malum qilamanki, chap elkamdagi jarohat sabab 13 sentyabrdagi jangimni bekor qilishdan boshqa choram yo'q. Hozircha jarohatimni tiklash uchun qancha vaqt ketishini bilmayman", - deb xabar qoldirdi Roman.
Eslatib o'tamiz, Ahmadaliev va Roman o'rtasidagi jang 13 sentyabr kuni "Madison Square Garden" arenasida ikkita kamar uchun tashkil etilishi lozim edi.
Hozircha Murodjon Ahmadaliev ushbu masala yuzasidan bayonot bergani yo'q.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar