29 dek 10:12
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev “Yilning eng yaxshi yosh bokschisi” bo'la oldimi?
Avval xabar berganimizdek, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev ham davogarlar qatoriga kiritilgan edi. Professional boksning engil vazn toifasida mag'lubiyatsiz odimlayotgan Murodjon “Yilning eng yaxshi yosh bokschisi” nominaciyasida g'olib bo'lish uchun asosiy davogar bo'lib turgandi.
Lekin yakunda bu nomga Murodjon Ahmadaliev emas, yana bir engil vazn toifasidagi kubalik bokschi Teofimo Lopes loyiq ko'rildi. Ahmadaliev va Lopesdan tashqari “Yilning eng yaxshi yosh bokschisi” bo'lish uchun Joshua Buatsi, Jeron Ennis va Filip Xrgovich ham davogarlik qilgandi.
Malumot uchun, Ahmadaliev engil vazn (55,3 kg) toifasi WBA yo'nalishi reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. U WBA chempionlik kamari sohibi amerikalik Daniel Romanning birinchi raqamli raqibi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, bokschimiz 24 noyabr kuni amerikalik Isaak Zaratega qarshi jang o'tkazib, nokaut evaziga g'alaba qozongandi. U o'sha jangida o'zining WBA Intercontinental kamarini himoya qilgandi.
Fikrlar