13 dek 18:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi, u ikkita kamar uchun jang qiladi + FOTO
Hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev prof ringdagi navbatdagi jangini 30 yanvar kuni o'tkazadigan bo'ldi.
Buni promouter Eddi Xirn rasman tasdiqladi. "Kaka" Mayamidagi DAZN jang oqshomida ringga ko'tariladi.
Murodjon Ahmadaliev va amerikalik Daniel Roman yarimengil vazn toifasidagi IBF va WBA kamarlari uchun o'zaro kurash olib borishadi. Qayd etish lozimki, ayni paytda ushbu kamarlar amerikalik bokschiga tegishli. Ahmadaliev esa WBA kamari uchun majburiy davogar hisoblanadi. Mazkur jang sentyabr oyida o'tkazilishi lozim edi. Ammo, Romanning jarohati sabab jang bekor qilingandi.
Kechaning markaziy jangi o'rta vazn toifasida WBO kamari sohibi Demitrius Adreyd hamda irlandiyalik Lyuk Kiler o'rtasida bo'ladi.
Havola :
Manba : DAZN
Fikrlar