10 sen 21:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning navbatdagi raqibi malum bo'ldi
Murodjon Ahmadaliev 13 sentyabr (Toshkentda 14 sentyabr tongida) kuni Nyu-Yorkda ringga ko'tariladi.
Avvalroq bokschimiz o'sha kuni amerikalik Daniel Romanga qarshi jang qilishi lozim edi. Biroq, Roman jarohat sabab Ahmadaliev bilan ringga ko'tarilmaydigan bo'ldi.
Endi hamyurtimiz o'sha kuni kolumbiyalik Vilner Sotoga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, Ahmadaliev shu kungacha prof boksda 6 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). Soto esa bu borada biroz tajribali. U professional ringda 28 marotaba jang qilgan va ularning 22 tasini o'z foydasiga hal qilgan (12 ta nokaut). 6 marotaba mag'lub bo'lgan (2 ta nokaut).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar