11 noy 17:56
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/48436_220.jpg)
Mutloq jahon chempioni rejalari bilan o'rtoqlashdi
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik kechagi g'alabasidan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Ukrainalik bokschi Manchesterda o'tgan jangda sobiq jahoni chempioni britaniyalik Toni Belyuni sakkizinchi raundda nokautga uchratgan edi.
“Hozir shunchaki dam olmoqchiman. 2018 yil faoliyatimdagi eng qiyin yil bo'ldi. SHu sababli ham hozir ko'proq vaqtimni oilam davrasida o'tkazmoqchiman. Balki, kelasi yili superog'ir vazn toifasida ham jang o'tkazarman. U erda hozircha Entoni Joshua qirol!”, - dedi Usik ESPN kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar