23 noy 11:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Mutloq jahon chempionida yangi murabbiy!
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik yangi murabbiy qo'l ostida mashg'ulotlarni boshladi.
Ukrainalik jahon chempioni Yuriy Tkachenko qo'l ostida shug'ullanyapti.
“Men yangi murabbiy bilan hamkorlikni boshladim. Yuriy Ivanovich bilan anchadan beri tanishman. Bu mutaxassis boy tajribaga ega. Havaskor boksda ham bir jamoada bo'lganmiz. Yuriy Tkachenko Denis Berinchikni ham shug'ullantirgan”, - dedi Usik.
Eslatib o'tamiz, ikki hafta oldin Manchester shahrida Toni Bellyuni nokautga uchratgan Usik kelasi yili superog'ir vazn toifasida o'zini sinab ko'rishni rejalashtirmoqda.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar