29 apr 14:19
Yangiliklar
Tennis
Mutua Madrid Open. Sobolenkoga 183-raketkani mag'lub etish uchun 150 daqiqa kerak bo'ldi
Ispaniyaning Madrid shahrida tennis bo'yicha Mutua Madrid Open turniri davom etmoqda.
Sayyoramizning ikkinchi raketkasi Arina Sobolenko uchinchi davra uchrashuvida ancha qiyinchilikka duch keldi. Belaruslik tennis malikasiga WTA reytingida 183-pog'onada borayotgan amerikalik Robin Montgomerini mag'lub etishi uchun 2,5 soat vaqt kerak bo'ldi - 6/1, 6/7(5), 6/4.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida mutlaq ustunlik Arina tomonida - 4:0. Sobolenko 8, Montgomeri 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Breyklar bo'yicha ustulik belaruslik tennischi tomonida - 4 ga 1. Endi u Mutua Madrid Open 1/8 finalida 15 ta uchrashuvdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik Daniel Kollinzga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar