So’nggi yangiliklar

16:14Бугун Бухорода ATFC ва Brave CF қўшма ММА турнири ўтказилади 0 15:53Разамбек Жамалов Рамзан Кадировнинг ўғли томонидан тақдирланди (ФОТО) 0 15:32Нурсултон билан жанги амалга ошмай қолган енгилмас "Гладиатор" UFC ростеридан чиқарилди 0 15:11ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни амалга оширмоқчи 0 14:50"Qatar Weightlifting Cup". Нигора Абдуллаева терма жамоамизга 3 та медаль тақдим этди + ФОТО 0 14:29Лондондаги UFC турнирининг асосий жанги айтилди 0 14:08Болалар спорти. Мақсад ва марра сари интилаётган қамашилик ёшлар 0 13:47Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олди 0 13:26Илия Топурия UFC’нинг Арман Царукян бўйича қарорини тушунтирди 0 13:05Анкалаевнинг менежери Магомеднинг кейинги жанги ҳақида хабар берди 0 12:44Жорж Сен-Пьер Ислам Махачевни мағлуб этиш йўлини айтди 0 12:23Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди 0 12:02Скала WWЕ ва UFC`дан 80 млн доллар ишлади 0 11:41Умар Кремлёв: "Қарор адолатли!" 0 11:20"Uzbekistan Judo Tour" мусобақасининг Тошкент шаҳар босқичи старт арафасида 0

05 may 07:23
Yangiliklar

Tennis

Mutua Madrid Open turnirining chempioni aniqlandi

Ispaniya poytaxti Madrid shahrida o'tkazilgan ayollar o'rtasidagi nufuzli WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuniga etdi.

Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi hamda ikkinchi raqamli tennis malikalari - polshalik Iga Svyontek va belaruslik Arina Sobolenko o'zaro to'qnash kelishdi. O'tgan yilgi finalda ham bu ikki tennischi bosh sovrin uchun kortga chiqishgan va o'shanda Sobolenko g'alaba qozonib, bosh sovrin sohibiga aylangandi.

Bu safar Iga o'sha mag'lubiyat uchun revansh oldi. Dramatik ruhda kechgan final bahsida Svyontek matchboldan chiqib ketdi va yakunda irodali g'alabaga erishdi - 7/5, 4/6, 7/6(7). Hal qiluvchi uchinchi setni 5/6 hisobida boy berayotgan Svyontek ikkita matchboldan chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. 


Uchrashuv statistikasi:

Iga Svyontek - 2 ta eys, 4 ta qo'shxato, 5 ta breyk

Arina Sobolenko - 4 ta eys, 4 ta qo'shxato, 5 ta breyk


Polshalik tennischi o'zaro uchrashuvlarda oldinda bormoqda - 7:3. Svyontek faoliyatidagi 20-sovrinni qo'lga kiritdi. WTA 1000 toifasidagi bosh sovrinlari esa 9 taga etdi. Iga 2012 yildan keyingi shuncha sovringa ega chiqqan eng yosh tennischiga aylandi. Bundan avvalgi rekord, yani 20 ta sovringa ega bo'lish Karolin Voznyackiga tegishli edi.

Mutua Madrid Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Iga Svyontekka 1000 reyting ochkosi hamda 963,225 evro mukofot puli keltirdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing