09 dek 12:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Muzaffarov Ekaterinburgda beshinchi jangida ringga ko'tarildi
O'zbekistonning SAFPRO promouterlik kompaniyasi mijozi bo'lgan bokschimiz Sardor Muzaffarov faoliyatidagi beshinchi jangini o'tkazdi.
CHarm qo'lqop ustamiz Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etilgan boks oqshomi doirasida armanistonlik Davit Xovxannisyanga qarshi ringga chiqdi. Ushbu jangda chinozlik 23 yoshli Muzaffarov 27 yoshli raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, Sardor Muzaffarov prof faoliyatidagi 5ta jangidan 4tasida g'alaba qozongan. Bitta jangda rossiyalik Aleksandr Krasheninnikovga imkoniyatni boy bergan. Xovxannisyan esa 12ta jang o'tkazgan. Beshta jangda g'alaba (1tasi nokaut)ga erishgan. Ettita jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar