12 apr 17:26
Yangiliklar
Tennis

Muzetti faoliyatida ilk bor "Masters" 1/2 finaliga chiqdi
Dunyoning 16-raketkasi Lorenco Muzetti Monte-Karlo "Masters" turniri yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Italiyalik tennischi 1/4 final bahsida duyoning 8-raketkasi greciyalik Stefanos Cicipasni 1/6, 6/3, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Muzetti o'zaro beshinchi uchrashuvga kelibgina Cicipasdan ustun keldi - 1:4.
Ikki soatu 23 daqiqa davom etgan uchrashuvda ikkala tennischi ham bittadan eys zarbasini amalga oshirgan. Muzetti 1, Cicipas 7 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha tenglik kuzatildi - 3 tadan! Endi Muzetti final chiptasi uchun avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar