31 mar 17:17
Yangiliklar
Futbol
MYU "Barselona" futbolchisiga davogarlik qilmoqda
"Manchester Yunayted" "Barselona" hujumchisi Ferran Torres bilan hujum chizig'ini kuchaytirishni ko'rib chiqmoqda.
"TEAMtalk" malumotlariga ko'ra, klub ispaniyalik hujumchi bilan shartnoma imzolash istiqboliga ijobiy qarayapti.

Torres Joshua Zirkzee o'rnini bosadigan nomzodlar qatorida ekani aytilmoqda. Biroq bu transferning hozirda Kataloniya klubida ijarada o'ynayotgan Markus Reshford bilan bog'liqlik joyi yo'q.
26 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 40 o'yinda qatnashib, 16 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uning narxini taxminan 50 million evroga baholagan.
Havola :
Manba : TEAMtalk
Fikrlar