26 sen 10:38
Yangiliklar
Futbol
MYU bosh murabbiyi Sanchoni chetlatdi
Ten Xag Jeydon Sanchoni Manchester Yunayted asosiy jamoasiga aloqador barcha jarayonlardan chetlashtirdi.
Hatto, Jeydon endi asosiy jamoa ovqatlanish zalidan ham foydalana olmaydi.
Murabbiy futbolchiga qaytish uchun ultimatum qo'ygan. Sancho asosiy jamoa harakatlanadigan hududlar u uchun taqiqlanganidan norozi. Lekin bosh murabbiydan uzr so'rash niyatida ham emasligi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Sancho tartib-intizom qoidalarini buzgani uchun jamoa mashg'ulotlaridan chetlatilgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar