22 iyu 07:51
Yangiliklar
Futbol

MYU "Brentford"ning eng yaxshi to'purarini 71 million funtga sotib oldi
"Manchester Yunayted" "Brentford" vingeri Brian Mbemoni o'z safiga qo'shib oldi.
Avval xabar qilinganidek, Kamerun terma jamoasi 25 yoshli futbolchisining MYUga transfer umumiy summasi 71 million funtni tashkil etdi. 65 million funtlik asosiy summa to'rt qismga bo'lib to'lanadi, shuningdek, kelishuvga 6 million funtlik bonuslar kiritilgan.
BBC malumotlariga ko'ra, bonus qismi 5 million funtni tashkil etadi. Brian bilan shartnoma 2030 yilgacha mo'ljallangan va uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor. O'tgan mavsumda Mbemo APLda 38 o'yinda 20 gol urib, 7 ta golli uzatma qildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq mankunianliklar "Vulverxempton"dan Mateus Kunyani 62,5 million funtga sotib olgan edi.
Havola :
Fikrlar