24 mar 17:59
Yangiliklar
Futbol
"MYU chempionlik uchun kurashardi!" - Maykl Ouen Kerrikning ishiga yuqori baho berdi
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Maykl Ouen jamoaning hozirgi natijalaridan hayratda ekanini yashirmadi.
Ouenning fikricha, Maykl Kerrik boshqaruvi ostida "qizil iblislar" chempionlik darajasidagi o'yinni namoyish etishmoqda. "Agar mavsum Kerrik tayinlangan vaqtdan boshlanganda edi, hozir MYU turnir jadvalida birinchi o'rinda borayotgan bo'lardi. Mavsumning uchdan bir qismi ortda qolgan bo'lardi va biz "MYU" APL chempioni bo'la oladimi?" deb bosh qotirayotgan bo'lardik", — dedi Ouen "Goal" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Maykl Kerrik qo'l ostida mankunianliklar barqaror o'yin ko'rsatib, muxlislar ishonchini qaytarmoqda.

Havola :
Fikrlar