18 dek 18:15
Yangiliklar
MYU haqida savol berilganida Errera yig'lab yubordi
"Ketishim qiyin bo'ldi. So'nggi 5-6 oy mobaynida menga yangi shartnoma taklif qilishlari haqida o'yladim. Hozir bunday salbiy holatlar haqida gapirish mavridi emas. Biroq uchinchi mavsumdan keyin o'zimdan ko'prog'ini kutayotgadim. Muxlislar talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldim. Klub esa menga yozda shartnoma taklif qilmadi. To'g'risi, bu men uchun og'riqli bo'ldi.
Yangi shartnoma uchun loyiq edim, deb o'ylayman. SHundan keyin mening ham qarorim o'zgardi va holatdan noroziligim oshdi. SHartnomam yakunlanishiga bir yil qolganida, men bilan aloqaga chiqishdi, biroq men uchun o'sha holat nomaqbul bo'ldi. O'z shartnomamga sodiq qoldim, klub uchun kurashdim. Biroq klub mening, agentimning, oilamning qarashlariga qarshi chiqdi", - dedi "Atletik" futbolchisi.
Fikrlar