28 noy 12:42
Yangiliklar
Futbol
MYU Pulishichni ijaraga olmoqchi. Futbolchi "CHelsi"dan ketishga tayyor
"Arsenal" va "Nyukasl" ham vaziyatni kuzatmoqda.
"CHelsi" yarim himoyachisi Kristian Pulishich "Manchester Yunayted" etiborini tortdi.
ESPN xabariga ko'ra, mankunianlar yanvarda yirik xaridlarga qo'l urmoqchi emas va amerikalikni ijaraga olish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor. Klubga uning ko'p qirralili manzur kelmoqda.
Futbolchining vakillari unga yangi jamoa topishga qaror qilishdi va bu haqda "Manchester Yunayted", "Nyukasl" va "Arsenal"ni xabardor qilishdi.
Pulishich joriy mavsum APLda 13 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar