17 jan 20:20
Yangiliklar
Futbol
MYU Reshfordning maoshini oshirib, u bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Klub PSJni qiziqishdan qaytarish niyatida.
"Manchester Yunayted" Markus Reshford bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Klub hujumchi bilan muzokara olib borishiga ishonchi komil. 25 yoshli futbolchi yangi bitimga ko'ra haftasiga 200 ming funt maosh olishi kutilmoqda.
"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, mankunianlar Reshfordni yaxshi o'yin uchun mukofotlamoqchi, shuningdek, PSJning hujumchiga bo'lgan qiziqishini to'xtatmoqchi.
Har ikki tomon kelishuvni uzaytirishdan manfaatdor. Biroq shartnoma muddatini yaqin kelajakda uzaytirishi dargumon.
Havola :
Manba : Manchester Evening News
Fikrlar