22 apr 12:16
Yangiliklar
Futbol
MYU tovon puli 100 million evrolik bo'lgan 16 yoshli hujumchiga qiziqish bildirmoqda
UOL xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" yaqin kunlarda 16 yoshli "Palmeyras" qanot hujumchisi Eduardo Konseysano uchun 40 million evrolik taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda.
Manbaning xabar berishicha, "qizil iblislar"dan tashqari, futbolchiga PSJ, "Barselona", "Arsenal", "CHelsi", "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda. "Palmeyras" klubi futbolchining transferi uchun kamida 50 million evro so'ramoqda.
Konseysano "Palmeyras"ni faqat 2027 yil dekabr oyida, 18 yoshga to'lganida tark eta oladi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil oxirigacha amal qiladi. 16 yoshli hujumchining tovon puli 100 million evroni tashkil qiladi.
Havola :
Fikrlar