16 dek 19:05
Yangiliklar
MYUda 13, "CHelsi"da 12, "Nyukasl"da 11. APLdagi yo'qotishlar
Ayrim etakchi klublar jiddiy yo'qotishlarga duch kelishgan va ularda muammolar yuzaga kelgan. Quyida hozirga kelib tarkibda jarohatlar va diskvalifikaciya sabab eng ko'p o'yinchisini yo'qotgan jamoalarni keltirib o'tamiz.
1. "Manchester Yunayted" - 13ta yo'qotish
2. "CHelsi" - 12ta
3. "Nyukasl" - 11ta
4. "Tottenxem" - 9ta
5. "Liverpul", "Arsenal" - 6
6. "Manchester Siti" - 4ta.
Malumot uchun "Tottenxem"ning yo'qotishlari kechagi bahsdan keyin yana bittaga ko'paygan. Yarim himoyachi Iv Bissuma "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Bu Bissumaning shu mavsumdagi ikkinchi qizil kartochkasi va shu sabab endi u 3 emas, 4 o'yinga diskvalifikaciya qilinadi.
Eslatib o'tamiz, bu turda muxlislarni "Liverpul" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi markaziy uchrashuv kutib turibdi. Mazkur qarama-qarshilik ertaga, 17 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.
Angliya Premer ligasi turnir jadvali va to'purarlar >>>>> APL
Fikrlar