So’nggi yangiliklar

14:20Янник Синнер "Уимблдон"дан кейин ҳам дунёнинг биринчи ракеткаси бўлиб қолади 0 13:59Неймар фаолиятидаги энг қийин рақиб ҳақида фикр билдирди 0 13:38Масвидаль: "UFC Конор билан жангимни ташкил этмоқчи эди, бироқ у бу жангни истамади" 0 13:17Баҳодир Жалолов учун махсус таом (ФОТО) 0 12:54Роуз Намаюнаснинг навбатдаги рақиби эълон қилинди 0 12:31Роналду «Реал»ни тарк этишини эълон қилган Начога мурожаат қилди 0 12:10Мутлақ чемпион Александр Усик камарларининг биридан воз кечди 0 11:48Новак Жокович Сербия терма жамоасини қўллаб-қувватлаш учун Лондондан Мюнхенга борди 0 11:26Нурсултон Рўзибоев: «Кейинги жанг сентябрда» 0 11:05Суперлига. Бугун Андижонда "оловли" ўйин бор 0 10:44Арман Царукяннинг менежери 9 ойлик четлатишга муносабат билдирди 0 10:23Чемпион Илия Топуриянинг кейинги жанги ҳақида маълумот берилди 0 10:02Возняцки Элина Свитолинани мусобақадан чиқариб юборди 0 09:41Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар "man of the match" бўлди? 0 09:20VI БРИКС ўйинларида 114 та медаль қўлга киритган ҳамюртларимиз тантанали кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

13 sen 13:34
Yangiliklar

Kurash

Namanganda belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionati o'tkazildi + FOTOGALEREYA

Milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashni dunyo bo'ylab keng miqyosda rivojlantirish maqsadida 2021 yilning 27 sentyabrida Litva davlatining Vilnyus shahrida Jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA) tashkil etilgan va rasman Evropa Ittifoqidan ro'yxatdan o'tkazilgan edi.

Ushbu associaciyaga hamyurtimiz Azizbek G'aniev prezident etib saylangandi. JBKA tashkil etilgandan so'ng qisqa fursatda belbog'li kurash bo'yicha Evropa, Pan Amerika, Osiyo konfedraciyalari tashkil etildi.

JBKA va O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi (raisi Ravshan Dastirov) tashabbuslari bilan o'tgan yili noyabr oyida Jizzax shahrida hamda joriy yil may oyida Qo'qon shahrida yoshlar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun  jahon chempionatlari  yuqori saviyada bo'lib o'tganligi belbog'li kurashni er kurrasi bo'ylab ommalashayotganidan darak beradi. 

Yana bir asosiy jihat, bunday jahon chempionatlarining mamlakatimizda o'tkazilishi yoshlarimizning belbog'li kurash bilan shug'ullanishi yanayam ortishiga (hozirda shug'ullanuvchilar soni 36 mingdan ortiq), turizmning keng rivojlanishiga hissa qo'shishi bor gap.

Milliy sport turimiz belbog'li kurashni Osiyo o'yinlari, Evropa o'yinlari, qolaversa, olimpiya o'yinlari oilasiga kiritish Jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA) va O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining bosh maqsadlaridan sanaladi.   

Buning uchun JBKA va O'BKF tomonidan uzoq yillik puxta va aniq istiqbolli dastur-rejalar ishlab chiqilmoqda. Buning yaqqol isboti sifatida joriy yil 8-11 sentyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Namangan viloyatining Namangan shahrida ilk bor belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatini aytishimiz mumkin.

“Barkamol avlod” sport majmuasida o'tkazilgan mazkur jahon chempionatida Gruziya, Belarus, Belgiya, Eron, Isroil, Rossiya, Ruminiya, Ukraina, Pokiston, Xitoy, Italiya, Turkiya, Kamerun, SHveciya Moldova, Hindiston, Mo'g'uliston, Latviya, Estoniya, Qozog'iston kabi qator davalatlardan 300 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.

Ushbu jahon chempionati O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA), Namangan viloyati hokimligi, Namangan viloyati prokraturasi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Namangan viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar ko'magida yuqori saviyada o'tkazildi. 

Dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi va unda  ishtirok etgan Namangan viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati azosi SHavkat Abdurazzoqov hamda Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev mamlakatimizda aholini sport bilan muntazam shug'ullanishi, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, istedodli, professional sportchilarni tayyorlashning kompleks tizimi yo'lga qo'yilganligini takidlashdi va musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi. 

Ochilish marosimida shuningdek, “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi o'rinbosari Umidjon Sulaymonov ishtirok etib, sportchilarga muvaffaqiyat tilagan holda Jahon belbog'li kurash associaciyasi Prezidenti Azizbek G'anievga “Adolat” SDP faoli sifatida fuqarolarning huquqiy faolligini oshirishda va belbog'li kurashni rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi uchun “Adolat” ko'krak nishonini topshirdi. 

Marosim taniqli estrada xonandalarining kuy-qo'shiqlariga ulanib ketdi. Ayniqsa, Kuba davlatidan taklif qilingan sanatkorlarning ijro etgan qo'shiqlari ishtirokchilarga yana ham ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. 

CHempionat doirasida sport turlarini rivojlantirish, xalqaro toifadagi sport ustalari va sportchilar tayyorlash, ayollar o'rtasida sportni ommalashtirish hamda sport sohasida yanada hamkorlikni kuchaytirish va do'stlik aloqalarini mustahkamlash borasida Namangan viloyati hokimi SHavkatjon Abdurazzaqov va Boshqirdiston Respublikasi Sport vaziri Ruslan Xabibovlar o'rtasida Memorandum ham imzolandi.  

Ikki tomonning kelishuviga asosan, davlat tashkilotlari, talim muassasalari, federaciyalar va boshqa sport tuzilmalari o'rtasida ommaviy sport turlari, nogironlar sporti, elita sporti va sport bo'yicha kadrlarni tayyorlash yo'nalishlarda o'zaro manfaatli dasturlar, tajriba va malumotlar almashinuvi yo'lga qo'yilishi borasida kelishib olishdi.

Jahon chempionatida belog'li kurash va belbog'li kurashning erkin yo'nalishi bo'yicha  erkaklar -57,  -62, -68, -75, -82, -90, -100,  +100 kg. vazn toifalarida kuch sinashgan bo'lsa, ayollar -52, -58, -66, -76, +76 kg. vaznlarda g'oliblik uchun bahs olib borishdi. 

Demak jahon chempionatining birinchi kungi belbog'li kurash bo'yicha g'olib va sovrindorlari bilan tanishamiz.

Erkaklar (belbog'li kurash yo'nalishi)

57 kg. 1. SHaxzod Abdurahmonov (Afg'oniston). 2.  Jamoliddin Nematullaev (O'zbekiston), 3. Abdulahad Nosirov (O'zbekiston), 3. Nodirbek Abdumalikov (O'zbekiston).

62 kg. 1. Fayzulla Munisjonov (O'zbekiston), 2. Bekpo'lat Bokirov (O'zbekiston), 3. SHoxruh Zokirov (O'zbekiston), 3. Oybek Hamidov (Tojikiston).

68 kg. 1. Murodjon Hamidov (O'zbekiston), 2. Oybek Sultonov (O'zbekiston), 3. Ilyos Soliev (Afg'oniston), 3. Abdurasul Xabibullaev (O'zbekiston).

75 kg. Ilhomjon Mashrapov (O'zbekiston), 3. Nusratbek Sultonboev (O'zbekiston). 3. Abuehson Ashurzoda (Tojikiston), 3. Mardonali Suloymonov (O'zbekiston).

82 kg. Husniddin Ro'ziev (O'zbekiston), 2. Muhiddin Nuraliev (O'zbekiston), 3. Ahrorbek Abduqaimov (Turkmaniston), 3. SHahzodbek Mirzayorov (O'zbekiston).

90 kg. 1. Rustamjon Umarov (O'zbekiston), 2. Tojiddin To'ychiev (Tojikiston), 3. Boburmirzo Mo'ydinov (O'zbekiston), 3. Adham Valijonov (O'zbekiston).

100 kg. 1. Zaylobiddin Ortiqov (O'zbekiston), 2. Nodirbek Ahatjonov (O'zbekiston), 3. Abrorbek Abduqayumov (Qirg'iziston), 3. Mirxalil Ibragim o'g'li (Qirg'iziston).

+100 kg. 1. Baxtiyor Jumaboev (O'zbekiston), 2. Mahmad Mirov (O'zbekiston), 3. Kamal Feyziev (Ozarbayjon), 3. Joldasbek Bektursunov (Qozog'iston).

Ayollar (belbog'li kurash yo'nalishi)

52 kg. 1. Manzuraoy Mo'ydinova (O'zbekiston), 2. Muxlisaxon Sotvoldieva (O'zbekiston), 3. Alena Fatyukova (Rossiya). 3. Moxigul Ibragimova (O'zbekiston).

58 kg. SHoira Qalandarova (O'zbekiston), 2. Maftunaxon Adahamova (O'zbekiston), 3. Muxtasar Turg'unova (O'zbekiston), 3. Elzada Mo'minjonova (Qirg'iziston).

66 kg. 1. Maftunabonu Mahmudova (O'zbekiston), 2. Alena Puknova (Rossiya), 3. Zemfira Azatova (O'zbekiston), 3. Durdona Mirzamahmudova (O'zbekiston).

76 kg. 1. Dilafro'z Mamajonova (O'zbekiston), 2. Mereke Xudoybergenova (Qozog'iston), 3. Go'zal Zutova (Ozarbayjon), 3. Dilshoda Usmonjonova (O'zbekiston).

+100 kg. 1. Tatyana Zuryanova (Rossiya), 2. SHirinoy Yuldosheva (O'zbekiston), 3. Hayotxon Jo'raboeva (Tojikiston), 3. Muxlisa Ikromova (O'zbekiston).

Musobaqaning ikkinchi kungi belbog'li kurashning erkin yo'nalishi bo'yicha (borba na poyasax)g'oliblari bilan tanishing.

Erkaklar (erkin yo'nalish)       

57 kg. Jandos Abubakirov (Qozog'iston), 62 kg. Sadirali Nurlan o'g'li (Qirg'iziston), 68 kg.  Xabibullo Tinchtyuk o'g'li (Qirg'iziston), 75 kg. Xolmirza Hasanboev (O'zbekiston), 82 kg.  Murat Tatarkulov (Rossiya), 90 kg. Emil Nizamitdinov (Rossiya), 100 kg. Qaysar SHamsiddinov (Qozog'iston), +100 kg.  Dmitriy Balyanov (Rossiya). 

Ayollar (erkin yo'nalish) 

52 kg. Alena Fatekova (Rossiya), 58 kg. Bibigauxar Polatbaeva (O'zbekiston), 66 kg. Alina Pukxova (Rossiya), 76 kg. Endzxe Yusupova (Rossiya), + 76 kg. Tatyana Zuryanova (Rossiya). 

Erkaklar (Erkin yo'nalish)

57 kg. Kalmuxan Turmakxanbet (Qozog'iston), 62 kg. Adilet SHalgunbek o'g'li (Qozog'iston), 68 kg. Ilnar Zakirov (Rossiya), 82 kg. Artur Zulkarnaev (Rossiya), 90 kg. Aidarbek Toktarbek (Qozog'iston), 100 kg. Bulat Musin (Rossiya), + 100 kg. Ramazan SHashamishev (Rossiya). 

Yakuniy natijalarga ko'ra, umumjamoa hisobida O'zbekiston terma jamoasi eng ko'p medallar jamg'argan holda faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Rossiya hamda Qozog'iston jamoalari ikkinchi va uchinchi o'rinlarga loyiq deb topildi. 

Musobaqalar yakuniga etgach taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Taqdirlash marosimida Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek Abduxalilovich G'aniev,O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi raisi Mo'min Muratov va boshqalar ishtirok etishdi. Belbog'li kurash yo'nalishi bo'yicha har bir vaznda birinchi o'rinni egallagan sportchilar 10 000 000 so'm, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan sportchilar 7 000 000 so'm, uchinchi o'rinni band etgan polvonlar 5 000 000 so'm pul mukofotolari hamda diplom va medallar bilan mukofotlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing