13 okt 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Namanganda o'smir bokschilar saralanmoqda
Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida boks bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati davom etmoqda.
Ushbu mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 352 nafar istedodli bokschilar 17ta vazn toifasida o'z mahoratlarini namoyish etishyapti.
O'zbekiston chempionati bahslari 2002-2003 yillarda tavallud topgan o'smir bokschilar o'rtasida tashkil etilgan. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji bokschilari alohida jamoa sifatida medallar uchun ringga ko'tarilishyapti.
O'zbekiston chempionati g'olib va sovrindorlari 17 oktyabr kuni malum bo'ladi. G'olib bokschilar mamlakat o'smirlar terma jamoasiga taklif etiladi va kelasi yili o'tkaziladigan Osiyo hamda jahon chempionatlarida ishtirok etish huquqiga ega bo'lishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar