16 okt 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Namanganda o'smir bokschilar saralanmoqda, bugun yarim final
Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida boks bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati davom etmoqda.
Ushbu mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 352 nafar istedodli bokschilar 17ta vazn toifasida baxslarga kirishishgan.
Bugun musobaqada yarim final janglari o'tkaziladi. Ertangi final bahslaridan so'ng yurtimizning bu yilgi 2002-2003 yillarda tavallud topgan eng kuchli o'smir bokschilari malum bo'ladi.
G'olib bokschilar mamlakat o'smirlar terma jamoasiga taklif etiladi va kelasi yili o'tkaziladigan Osiyo hamda jahon chempionatlarida ishtirok etish huquqiga ega bo'lishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar