05 jan 10:16
Yangiliklar
Tennis
Naomi Osaka calkam 3 yillik tanaffusdan so'ng ilk bor finalda o'ynaydi
Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida o'tkazilayotgan WTA turnirida finalchilar aniqlandi.
Dunyoning 57-raketkasi bo'lib turgan yaponiyalik Naomi Osaka 1/2 finalda WTA reytingining 82-pog'onasida borayotgan amerikalik Alisiya Parksni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/2.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Etmish uch daqiqa davom etgan bahsda Osaka 4, Parks 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Naomi 2022 yildan beri ilk bor WTA turniri bosh sovrini uchun bahs olib boradigan bo'ldi. U ertaga elon qilinadigan reytingda Top-50`ga qaytadi. Uning ASB Classic finalidagi raqibasi daniyalik Klara Tauson bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar