13 fev 15:06
Yangiliklar
Futbol
Narxi 200 ming evrolik futbolchi yangi mavsumda voha klubida to'p tepadi
Superliga jamoalaridan qolishmagan holda Pro liga klublari ham selekciya ishlariga jiddiy kirishishgan.
Transfermarket malumotlariga ko'ra, belaruslik himoyachi Yaroslav Makushinskiy "Buxoro" futbolchisiga aylandi. U klub bilan 2024 yilning 31 dekabr sanasigacha shartnoma imzolagan. Futbolchi "Buxoro"ning Xo'janddagi yig'iniga yo'l oladigan tarkibiga ham kiritildi.
25 yoshli Makushinskiy faoliyati davomida "Energetik-BGU", "Vertikal", "Belshina", "Smolevichi", "Loko Gomel", "Slaviya II", "Dinamo Minsk II" jamoalarida to'p tepgan. Transfermarket portali uning narxini 200 ming evroga baholagan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar