So’nggi yangiliklar

20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0 21:30Осиё ўйинларининг бешинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида яхшигина кўтарилдик 0 20:57Футбол. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронни мағлуб этди 0

02 may 18:31
Yangiliklar

Futbol

"Nasaf" himoyachisi "Paxtakor" bilan o'yinda chetlatilishi kerak edi. Superliganing 10-turidagi hakamlik tahlili

Teglar :  NasafPaxtakor
Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram-kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birgalikda O'zbekiston Superligasi 10-turi doirasidagi o'yinlarning bahsli vaziyatlarini tahlil qildi.

✅ OKMK – "Lokomotiv"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Fikrimizcha, hakam to'g'ri qaror qabul qildi va o'yinni davom ettirdi. Penalti belgilash uchun asos ko'rmayapmiz: OKMK himoyachisini jazolashga hech qanday sabab yo'q, chunki chalish, oyoqqa zarba berish, itarish yoki ushlab qolish holatlari yo'q. Agar kontakt bo'lgan bo'lsa ham, bu mutlaqo tabiiy va o'yin holati.

✅ "Mashal" – "Buxoro"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

VAR to'g'ri aralashdi va hakamni monitor yoniga chorladi. "Mashal" o'yinchisi raqibining oyoqlariga sakramoqda, haddan tashqari kuch ishlatib, butsa tishlari bilan to'piqdan yuqoriga zarba bermoqda. To'g'ri qaror – qoidani jiddiy buzganligi uchun qizil kartochka.

❌ "Mashal" – "Buxoro"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Ushbu unchalik aniq bo'lmagan rakurslarga qarab, “Buxoro” o'yinchisi havodagi kurashda qo'li bilan raqibining yuziga zarba bergan, deb taxmin qilish mumkin. Bizningcha, bu vaziyatda qo'pol o'yin uchun sariq kartochka ko'rsatishga asos bor, biroq qizil kartochka ko'rsatishga munosib emas.

❌ "Paxtakor" – "Nasaf"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Katta ehtimol bilan hakam "Paxtakor" futbolchisi to'pni qabul qilayotib, uni o'zidan ancha uzoqlashtirib yubordi, deb hisoblagan. To'p undan katta tezlikda "Nasaf" darvozaboni tomon uchmoqda, darvozabon esa to'pga chiqib o'ynay olardi. Hakam vaziyatni aynan shunday baholagan bo'lsa kerak.

Ammo bizningcha, bu baribir qizil kartochka. Agar qoidabuzarlik bo'lmaganida, "Paxtakor" futbolchisi to'pni unchalik yaxshi o'zlashtira olmaganiga qaramay, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Bu erda, nazarimizda, vaziyat sariqdan ko'ra qizil kartochkaga yaqinroq.

✅ "Paxtakor" – "Nasaf"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Maydondagi hakamga to'qnashuvning barcha tafsilotlarini ko'rish qiyin edi, biroq takroriy lavhalarda "Nasaf" himoyachisi qo'lini siltaganini va raqibining yuziga tegib ketganini ko'rib turibmiz. Bizningcha, to'g'ri qaror – penalti va qo'pol o'yin uchun sariq kartochka.

✅ "Neftchi" – "Qo'qon-1912"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Ushbu vaziyatda hakam, bizning fikrimizcha, haqli ravishda qizil kartochka ko'rsatdi. "Qo'qon-1912" o'yinchisi raqibini ko'rib turibdi, butsa tishlari bilan raqib tanasining juda yuqori qismiga zarba bermoqda, bosim va haddan tashqari kuch ishlatish bor. Bunday harakatlar jiddiy jarohatga olib kelishi mumkin. To'g'ri qaror – qoidani jiddiy buzganligi uchun chetlatish.

❌ "Qizilqum" – "Xorazm"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Juda murakkab vaziyat. Jarima zarbasidan uzatma amalga oshirilmoqda, "Qizilqum"ning 15-raqamli o'yinchisi ofsayd chizig'ida turibdi. Biroq u to'p uchun kurashga kirguniga qadar, "Xorazm" himoyachisi unga nisbatan qoida buzmoqda. Qo'l bilan engil itarishni biz qoidabuzarlik deb hisoblamaymiz, lekin bu erda oyoqlarda ham kontakt bor: "Xorazm" himoyachisi raqibini orqadan chalib, uni yiqitmoqda. Bizningcha, to'g'ri qaror – ehtiyotsizlik oqibatidagi qo'pollik uchun penalti.

❌ "Qizilqum" – "Xorazm"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"Xorazm" o'yinchisi to'pga o'ynamoqda, shundan so'ng, bizning fikrimizcha, muqarrar kontakt yuz bermoqda va bu jazolanmaydi. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.

✅ "Bunyodkor" – "Navbahor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Bosh hakam va VARning qaroriga qo'shilamiz: “Bunyodkor”ning goli to'g'ri bekor qilindi. Hujumchi raqib bilan kurash oqibatida maydonga yiqilayotib, to'p darvoza chizig'ini kesib o'tishidan avval unga qo'li bilan tegib ketgan.


SHu tariqa, Superliganing 10-turi uchrashuvlarida hakamlar to'rtta qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing