28 dek 15:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Nasukava Meyvezerdan qo'rqmaydi, lekin...
Xabaringiz bor, 31 dekabr kuni yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukava o'z yurtida amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezerga qarshi jang o'tkazadi.
Saitama shahrida o'tkaziladigan ushbu jang boks qoidalari asosida tashkil etiladi. Jang uch daqiqadan iborat uch raund bo'lib, ko'rgazmali xarakterga ega. Jang natijasi rasmiy statistikaga kiritilmaydi. Nasukava Meyvezerdan qo'rqmasligini alohida takidladi.
“Tushunaman, nokaut bilan jangni boy berishim ham mumkin. Lekin Floyddan zarracha qo'rqayotganim yo'q. To'qqiz daqiqalik jang men uchun katta chaqiruv bo'ladi. Floyd menga qaraganda gavdaliroq. Ammo, men tezligim evaziga mana shu farqni yo'qqa chiqarmoqchiman. Men Makgregordan ko'ra yaxshiroq harakat qila olaman”, - dedi Nasukava.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar