02 jan 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Nasukava Meyvezerga qarshi jang haqida qanday fikrda?
31 dekabr kuni yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukava afsonaviy Floyd Meyvezerga qarshi jang qilgandi.
Ushbu jangda amerikalik bokschi raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratib, 9 million dollar gonorar ishlab oldi.
To'qnashuvdan so'ng yaponiyalik sportchi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Meyvezer yuqori saviyadagi bokschi. Bu men uchun haqiqiy chorlov bo'ldi. Jang qildim, ammo yutqazib qo'ydim. Ammo, bundan afsusda emasman. Jasorat bilan ringga chiqa oldim. Meyvezerdan, shuningdek, muxlislardan minnatdorman. O'rganishda davom etaman. Barchaga rahmat", - dedi Nasukava.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar