30 dek 11:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Nasukava Meyvezerga qarshi jangda MMA usullaridan foydalansa, jarima to'laydi
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Yaponiyaga etib bordi.
Xabaringiz bor, amerikalik engilmas bokschi ertaga Yaponiyaning Saitama shahrida mezbon kikbokschi Tenshin Nasukavaga qarshi boks qoidalari asosidagi jangda ringga ko'tariladi.
Tashkilotchilar jang qoidalari orasida bir nechta band borligini eslatib, agar Nasukava Meyvezerga qarshi kikboksing yoki MMA usullaridan foydalanadigan bo'lsa, moliyaviy tomondan jarimaga tortilishini aytishdi.
Eslatib o'tamiz, ertangi jang rasmiy ravishda qayd etilmaydi. U ko'rgazmali jang maqomiga ega bo'ladi. Jangda birgina hakam bo'ladi. Referi Kenni Beyliss ring markazida jangni boshqaradi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar