03 jan 08:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Nasukava Meyvezerning imkoniyatiga past baho bergan ekan
20 yoshli yaponiyalik sportchi Tensin Nasukava Floyd Meyvezerdan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Men katta jang yo'lida ko'p mehnat qildim. Karate, kikboksing, MMA va boks. Men Floyd bilan jang bo'yicha taklif olganimda uni o'ylab o'tirmay qabul qildim. Oramizda yosh, natijalar, vazn bo'yicha farq katta bo'lsada men bu chaqiriqni qabul qilishim lozim edi.
Men jangga etarli darajada tayyorgarlik ko'ra olmaganimni tushundim. Bu mag'lubiyat oldinga intilishda katta yordam beradi.
Meyvezerning qanday buyuk ekanligini tushunib etdim. Men uning imkoniyatiga past baho bergandim. Uning saviyasigacha chiqib olishga vada beraman. Ushbu jangni tashkil qilishda ishlaganlarga rahmat. Janob Meyvezer, katta rahmat", - dedi Nasukava.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar