02 iyu 11:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Navbahor Hamidova Parij Olimpiadasiga yo'l oldi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha Parij Olimpiadasiga licenziya beruvchi turnir o'z yakuniga etib bormoqda.
Musobaqada -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Navbahor Hamidova chorak finalda serbiyalik Kristina Kuluxovaga qarshi ringga ko'tarildi. Jangda hamyurtimiz 5:0 hisobida g'alaba qozondi va Parij Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, O'zbekiston boks terma jamoasi Parij Olimpiadasida 11 nafar bokschi bilan qatnashadigan bo'ldi. Ularning 7 nafari erkaklar, 4 nafari ayollar terma jamoasi hissasiga to'g'ri keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar