02 fev 15:43
Yangiliklar
Futbol
"Navbahor" o'rtoqlik bahsida Rossiya klubi ustidan minimal g'alabaga erishdi
Antaliyada yig'in o'tkazayotgan Namanganning "Navbahor" klubi bugun navbatdagi o'rtoqlik o'yinida qatnashdi.
Milliy Futbol Ligasining "Enisey" klubiga qarshi kechgan bahsda namanganliklar Ibrohim Yo'ldoshevning 45-daqiqada urgan goli evaziga zafar quchishdi.
"Navbahor" – "Enisey" 1:0
Gol: Ibrohim Yo'ldoshev 45' (golni tomosha qilish uchun LINK)
Kecha "Rubin"ga yirik hisobda imkoniyatni boy bergan "Navbahor" bugun yana nazorat bellashuvida qatnashdi. Faqat bu safar jamoa 30 daqiqadan 2 taym o'ynadi.
Alohida aytish joiz, Samvel Babayan ushbu bahsda asosan kecha kam o'ynagan futbolchilar xizmatidan foydalandi, "Navbahor"ni maydonga sardor sifatida Vladimir Kozak boshlab tushdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar