27 noy 08:52
Yangiliklar
![](/upload/storage/23443_220.jpg)
Neft mamlakatlari kubogi. Umumjamoa hisobida uchinchi bo'ldik!
“Neft mamlakatlari kubogi” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan charm qo'lqop ustalarimiz yakunda 1 ta oltin, 3 ta kumush medali bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Qozog'istondan so'ng uchinchi o'rinni band etishdi.
Neft qazib chiqaruvchi davlatlarning Jahon kubogini nomini olgan nufuzli musobaqada terma jamoamizga yagona oltin medalni Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov taqdim etdi. U o'zi uchun yangi -52 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan bo'lishiga qaramay, barcha raqiblarini katta ustunlik bilan mag'lub eta oldi.
Sanjar Tursunov, Isroil Madrimov va Iqboljon Xoldorov final bahsida raqiblariga imkoniyatni boy berib, yakunda kumush medal bilan taqdirlanishdi. Ushbu turnirda 5 nafar bokschimiz yurtimiz sport sharafini himoya qildi.
Fikrlar