07 jan 15:10
Yangiliklar
"Neftchi"ning legionerlardan juda katta qarzi bor. Ish FIFAgacha etib borgan
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Neftchi"ni ikki gruziyalik legioneri Bachana Arabuli va Giorgi Nikabadze oldida 2023 yildagi qarzdorligi bor. Futbolchilar pullarini olish maqsadida FIFAga murojaat qilishgan. FIFA bartaraf etish uchun Farg'ona klubiga 14 kun muhlat bergan. Ammo ushbu muddatda qarzdorliklar baribir uzilmagan. SHu bois endi "Neftchi" har ikkala futbolchiga shartnomasi oxirigacha (2024 yil oxirigacha) maoshini berishga majbur bo'ladi.
Bundan tashqari, avstraliyalik himoyachi Tomislav Mrchela bilan ham shartnoma 2024 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Klubning undan ham qarzi bor va Mrchela FIFAga murojaat qilib bo'lgan. Agar FIFA bergan muddatda o'tgan yilgi qarzdorlik bartaraf etilmasa, "Neftchi" Mrchelaga yozgacha maoshini to'lashga majbur bo'ladi.
Fikrlar