17 avg 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA
"Nega u ikki kamarni ushlab turibdi?" Xollouey UFC 330'dan keyin Maxachevga "tosh otdi"
UFC'ning sobiq chempioni, amerikalik Maks Xollouey UFC 330 turnirida Ien Garri ustidan g'alaba qozongan yarim o'rta vazn chempioni Islam Maxachev haqida fikr bildirdi.
"Nega, jin ursin, u ikki kamarni ushlab turibdi? Vaziyat shundayki, birodar, senda ikki chempionlik kamari bor, lekin sen ikki vazn toifasining chempioni emassan. Hozir u faqat bitta kamarni himoya qilyapti. Nega? Tushunmayapman, yigitlar", — dedi Xollouey ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar