So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

30 avg 18:18
Yangiliklar

Futbol

Neymar baribir buyuk bo'la olmadi. "Al Hilol"ga o'tish – abadiy istiqbolning yakuni (mutolaa uchun)

Teglar :  Neymar
Braziliyalikning Evropa futbolidagi yo'lini eslaymiz.

Neymar haligacha zamonamizning eng yaxshi o'yinchilari ro'yxatiga kiradi. Ammo, uning buyuk futbolchi maqomini olishi amrimahol. Taxmin qilinishicha, braziliyalik Lionel Messining soyasidan chiqish va "Oltin to'p"ga davogarlik qilish uchun "Barselona"dan PSJga o'tdi. Ammo, barchasi faqatgina bir marta CHempionlar ligasi finaliga chiqish va Saudiyaning "Al Hilol"iga o'tish bilan yakunlandi. Hatto braziliyaliklar ham vatandoshlariga Evropa futbolidan joy topilmaganidan hayratdalar.

Neymar "Barselona"da to'rt mavsum o'ynadi. U bu vaqt davomida 186ta o'yinda 105ta gol va 76ta assist qayd etdi. U o'zini yulduz jamoadagi elit o'yinchi sifatida ko'rsatdi va muntazam ravishda so'nggi, uchinchi maydonda o'z mahorati bilan "Kamp Nou"dagi muxlislarning hayratiga sazovor bo'ldi. Braziliyalik Suares va Messi bilan zamonaviy futbolning ehtimoliy eng yaxshi hujum triosini shakllantirishdi, "MSN" esa 2014/15 yilgi mavsum Luis Enrike qo'l ostida kataloniyalikni trebl tomon boshladi.



Neymar o'sha mavsumda 39ta gol urdi, ulardan biri "Yuventus"ga qarshi CHempionlar ligasi final o'yinida kiritildi. Enrike kelasi mavsum o'yinchini loyihaning markaziy roliga o'tkazdi va bu unga salohiyatini to'liq ochishga imkon berdi, "Barselona" esa o'shanda yana bir uy dublini qayd etdi. Mutaxassis Neymarning "Rayo Valekano" (5:2)ga qarshi o'yindagi 4ta golini ko'rib, o'z shogirdi uchun maqtovlarni ayamadi.

Ispaniya kubogidagi uchinchi ketma-ket sovrin esa kataloniyaliklarni xafa qiluvchi 2016/17 yilgi mavsumdan qutqardi. Neymar shu bilan birga shaxsiy darajada o'sishda davom etdi va jamoani PSJga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final o'yinida aqlbovarqilmas "remontada"ni amalga oshirishida yordam berdi. Parijliklar uy o'yinida 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi, ammo "Kamp Nou"da 1:6 hisobida engilishdi. Braziliyalik 2ta gol va 2ta assist qayd etdi. Bu uning "Barselona"dagi faoliyatining eng cho'qqisi va o'zini haqiqatdan ham Messi bilan bir qatorda qo'yishi mumkin bo'lgan payt edi.

Neymar o'zining kataloniyaliklar safidagi yuzinchi golini "Alaves" ustidan Ispaniya kubogidagi g'alabali finalda kiritdi. Unda o'z nomini klubning SHon-sharaf zaliga yozish uchun barchasi bor edi. Ammo, shundan so'ng PSJ qo'ng'iroq qildi va u o'zining sodiqlik bo'yicha ilk haqiqiy testdan o'ta olmadi. O'yinchi va muxlislar o'rtasidagi munosabatlar u "Park de Prens"ga ketgan payt tuzatib bo'lmas darajada buzildi. Braziliyalik "ko'k-anorranglilar"ga ko'plab esda qoluvchi lahzalarni sovg'a qildi, ammo uning ketishi klub uchun jiddiy tanazzulning boshlanishini belgilab berdi.



Neymarning PSJdagi birinchi yil uchun statistikasi uning Franciyadagi faoliyatida eng yaxshisi bo'ldi. U Liga 1da 32ta gol va CHempionlar ligasining etti o'yinida 6ta to'p kiritdi, bu esa qaysidir darajada uning tarixdagi eng qimmat o'yinchi maqomini oqladi. Braziliyalik parijliklarga 3ta uydagi sovrinlar, jumladan mavsum so'nggiga 5 tur qolganda rasmiylashtirilgan chempionlik titulini qo'lga kiritishida yordam berdi. Ammo, vinger shu bilan birga jami jarohatlar sabab 21ta o'yinni o'tkazib yubordi.

PSJ 2018/19 yilgi mavsumda Neymarsiz 29ta o'yinni o'tkazdi. Avvaliga uni mushaklar bilan bog'liq kichik muammo bezovta qildi, keyinchalik esa yana oyog'idagi eng kichik barmoq suyagini shikastlab oldi. Bu jarohat sezilar-sezilmas o'yinchining Franciyada doim taqib qildi. U baribir barcha musobaqalarda 23ta gol va 13ta assist qayd etishga erishdi, ammo uning faqatgina o'zi jamoaning o'yiniga muhim tasirni o'tkazmadi va Kilian Mbappe loyiha markaziga chiqdi.

Aynan francuz so'nggi 4 yilda parijliklarning harakatlantiruvchi kuchi bo'ldi, Neymar emas. SHubhasiz, Kilianning o'z kamchiliklari bor, ammo u yaxshiroq jismoniy holati sabab ko'proq jamoa uchun foydasi tegdi. SHu bilan birga, jarohatlar sabab ko'plab muhim o'yinlarni o'tkazib yuborgan braziliyalikni ham unutmaslik kerak. "Ziyofatchi" obrasi futbolchining reputaciyasiga yanada ko'proq putur etkazdi.



Neymar joriy yilning fevralida yana jiddiy jarohat oldi. Bu safar oyoq bilagidagi bog'lam. SHundan so'ng PSJ hech qachon braziliyalikka to'liq ishonch bildirib bo'lmasligini tushundi, shu sabab butun yoz bo'ylab o'yinchi uchun xaridor izlashdi. Bu esa uning shartnomasiga eng ko'p qiziqqan Saudiya Arabistonining "Al Hilol"i bo'ldi.

Neymar PSJ o'yinchisi sifatida ham "Barselona"ga qaytish xohishini bildirdi. Ammo, kataloniyaliklar braziliyalik ketganidan ko'p o'tmay moliyaviy inqirozga yuz tutishdi. Ular uning sotuvidan tushgan pulni samarali sarflay olishmadi. Filippe Koutino, Usman Dembele va Antuan Grizmannga 300 mln evrodan ortiq sarflandi va ularning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. "Ko'k-anorranglilar" joriy yozda o'tgan Ilkay Gyundoganni faqatgina La Ligada mavsum boshlanishiga 2 kun qolgandagina ro'yxatdan o'tkazishdi.

Neymarning "Barselona"ga qaytishi Joan Laporta va bosh murabbiy Xavi Ernandesning so'nggi 2 yilda qilganlarini barbod qilardi. PSJ o'yinchini ikki tomon uchun ham yaxshi narxga qo'cib yuborishga rozi bo'lishi mumkin edi, ammo braziliyalikda pasayishdan so'ng ham juda yuqori maosh qolardi. Bundan tashqari, u "Barselona"da yaqinda tiklangan kiyim almashtirish xonasini buzishi mumkin edi. Xavining shundan qo'rqqani haqida xabarlar bor, shu sabab klub sobiq o'yinchisi bilan masofa saqladi.



Neymarni shuningdek APLga ehtimoliy o'tish bilan bog'lashdi, "CHelsi", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Arsenal" futbolchi uchun ehtimoliy yangi klublar sifatida ko'rildi. Ammo, ularning varianti birin-ketin yo'qoldi. "CHelsi" varianti umumiy fonda "ko'klar" rahbari Todd Boulining u bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'langani sabab haqiqatga yaqinroqdek ko'ringandi. Ammo, londonliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino PSJdagi sobiq o'yinchisi "CHelsi" uslubiga mos tushmaydi deb hisobladi.

Neymar bir avlodda faqatgina bir marta paydo bo'ladigan o'zgacha futbolchi. Ammo, u o'z noyob iqtidorini maksimal tarzda ko'rsatish uchun etarlicha mehnat qilmadi. Braziliyalik – dribling ustasi, u boshqalar ko'rmaydigan imkoniyatlarni ko'radi. U o'zi uchun ham, sheriklari uchun ham yo'q joydan vaziyatlar yaratadigan futbolchi. Ammo, u faoliyatining eng yaxshi yillarini shunchaki sarflab yubordi.

Neymar "Al Hilol" bilan shartnomasi yakunlanganda 33 yoshda bo'ladi. Uning elit klub darajasida uzoq bo'lmaganidan so'ng Braziliya terma jamoasi tarkibida JCH-2026ga borish imkoniyatlari yuqori bo'lishi aniqmas. U moliyaviy jihatdan o'zi va keyin avlodlarini taminlashi mumkin, ammo Saudiya Arabistoniga yo'l olish erta nafaqaga chiqish xavfini oshiradi. Ammo, barchasi boshqacha bo'lishi mumkin edi.


Goal materillari asosida Footballhd.ru saytida tayyorlandi. Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing