22 avg 16:11
Yangiliklar
Futbol
Neymar kelgach, "Al Hilol" to'purari jamoani tark etdi
Hujumchi Mussa Marega "Al Hilol"dan ketdi.
32 yoshli malilik arab klubi bilan shartnomani bekor qilishga kelishib oldi.
Mussa Marega ikki mavsumni "Al Hilol" safida o'tkazgan va etakchi hujumchi bo'lgan. U 75 ta uchrashuvda 25 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Al Hilol" mavsum oldidan keng ko'lamli transfer kampaniyasini amalga oshirdi. Xususan, Neymar, Malkom va Aleksandar Mitrovich transferlari yordamida hujumni kuchaytirdi. Bunday raqobat Maregani "Al Hilol"dan ketishga majbur qildi.
Havola :
Manba : Arab News
Fikrlar