18 okt 12:15
Yangiliklar
Neymar Namanganga kelmaydi
"Al Hilol"ning braziliyalik hujumchisi Neymar Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turidan o'rin olgan "Navbahor"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin.
31 yoshli forvard JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi Urugvayga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi va elektrokar yordamida maydondan olib chiqildi.
Uchrashuvdan keyin esa u qo'ltiqtayoqda stadionni tark etdi. Dastlabki tibbiy xulosalarga ko'ra, Neymar kamida 2-3 oy maydonga tusha olmaydi. Jarohat o'ta jiddiy bo'lsa, bu muddat 7-9 oygacha cho'zilishi mumkin.
Arab nashrlarining xabarlariga ko'ra, Neymar "Al Hilol"ning 2023 yil so'ngiga qadar 15 uchrashuvini o'tkazib yuboradi. O'zbekistonda o'tkaziladigan OCHL guruh bosqichining 5-turi doirasidagi "Navbahor"ga qarshi o'yini ham shular jumlasidan.
Eslatib o'tamiz, "Navbahor" – "Al Hilol" uchrashuvi 28 noyabr kuni Namangan shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar