07 fev 16:41
Yangiliklar
Neymar qatorasiga uchinchi bor “Samba Gold"ni qo'lga kiritdi
Neymar da Silva Santos Junior "Samba to'pi" nomi bilan ham malum bo'lgan ushbu sovrinni so'nggi to'qqiz yilda oltinchi bor o'ziniki qildi.
2008 yilda tasis etilgan mazkur sovrin jurnalistlar, futbolchilar va "Sambafoot"ning onlayn mushtariylari tomonidan ovoz berish yo'li bilan Evropadagi yilning eng yaxshi braziliyalik futbolchisini aniqlaydi. Mukofotga asos solingan yili Kaka birinchi bo'lib "Samba" mukofotini qo'lga kiritgan.
Yakshanba kuni 31 yoshga to'lgan Neymar ushbu sovringa 2014, 2015, 2017, 2020 va 2021 yillarda ham munosib deb topilgan.
Neymar o'tgan mavsum klubi PSJ uchun ajoyib o'yin ko'rsatdi, shuningdek, uning terma jamoadagi harakatlari ham boshqalardan ajralib turdi. Futbolchi 2022 yilda Parij klubi uchun 18 ta o'yinda maydonga tushdi va 12 ta gol urib, 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. PSJ ayni paytda mamlakat chempionatida 10-titul sari odimlamoqda.
Fikrlar