19 jan 14:43
Yangiliklar
Futbol
Neymarning “Al-Hilol”dagi kelajagi haqida malumot berildi
“Al Hilol” hozirda jarohat sababli mavsumni o'tkazib yuborayotgan Neymar bilan shartnomani bekor qilish niyatida emas.
Bu haqida Fabricio Romano malum qildi. Saudiya Arabistoni jamoasi 31 yoshli futbolchini chempionat uchun berilgan qaydnomadan chiqarib turishni reja qilishgan. Uning o'rniga yaqinda sotib olingan Renan Lodi joy oladi.
Neymar o'tgan yilning oktyabr oyida jiddiy jarohat olgandi va braziliyalik joriy mavsum boshqa futbol o'ynay olmaydi.
Malumot uchun, Neymar o'tgan yozda PSJdan Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgandi. “Al Hilol” futbolchi uchun Franciyaliklarga 90 million evro to'lashgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar