08 mar 07:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Neyt Dias: "Jang qilishga tayyorman, ammo UFC meni to'xtatib turibdi"
Neyt Dias Dastin Pore bilan jang qilishga tayyor ekanini malum qilmoqda.
UFC 272 turniridan keyingi matbuot anjumanida tashkilot prezidenti Dana Uayt Neyt Dias bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonch bildird. Ammo, bu sobiq chempionning rejalariga kiritilmaganga o'xshaydi.
"Men jang qilishga tayyorman, lekin UFC meni to'xtatib turibdi", - deb yozdi Dias Twitter'da.
"Men xayrlashuv jangini o'tkazishga tayyorman. UFC va Dana Uayt ham tayyor ekanliklarini aytishdi, keling, ishni yakunlaymiz! Mening qiladigan ishlarim ko'p!", - deya qo'shimcha qilgan Dias Insatgram'da Pore bilan tushgan rasmni ilova qilib.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar