25 mar 13:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Neyt Dias Makgregor va Masvidalning hibsga olinishiga munosabat bildirdi
Amerikalik mashhur jangchi Neyt Dias o'zining sobiq raqiblari Konor Makgregor va Xorxe Masvidallarning hibsga olinishiga munosabat bildirdi.
“UFC jangchilariga shuni aytmoqchimanki, bemani odatlar tufayli hibsga olinishni bas qiling. O'zlaringni hayvondek tutyapsizlar! Mashinani extiyot bo'lib hayda va o'zingni to'g'ri tut”, — deb yozadi Dias ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq, Konor Makgregor Dublinda mashinani xavfli haydagani uchun hibsga olingandi. Xorxe Masvidal esa Mayamidagi tergov izolyatorida bo'lib turibdi va hozirda garov pulini kutayotgani xabar qilinmoqda. U sobiq do'sti va raqibi Kolbi Kovingtonga hujum qilgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar