13 avg 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Neyt Dias: Xabib men do'pposlagan bola bilan jang qiladi
UFC jangchisi Neyt Dias kimga qarshi jang qilish istagi borligini aytdi.
"Konorga qarshi uchinchi jang? Vaqt ko'rsatadi. Yulduzlarimiz kesishsa. Hozir men jang qilishni istagan sportchilar - Konor va Xabib.
Qandaydir Usmonlar bilan jang qilmoqchi emasman. Xabib hozir eng asosiysi, agar istasa u bilan jang qilaman. Men buni amalga oshirishga harakat qildim. Menga esa u chempion ekanligini aytishdi. Mayli "chempion", bu erda sengacha ko'p bo'lganman.
Sen men do'pposlagan bola bilan jang qilasanmi? Dastin Pore bilan? O'sha o'zini jarohatlaganmi? U pul olgan va qandaydir sabab bilan jangga chiqmagan. Bu jangni bekor qilishga sabab bo'lmaydi.
Men uchun shuningdek, MakGregor, Pettis va Masvidal bilan jang qilish qilish qiziq", - dedi Dias.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar