So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

17 dek 17:26
Yangiliklar

Futbol

Nigeriya JCH saralashidagi mag'lubiyatdan so'ng Kongo DR ustidan FIFAga shikoyat qildi

Teglar :  NigeriyaKongo DR
Nigeriya Kongo Demokratik Respublikasini terma jamoa o'yinchilarining fuqaroligi bilan bog'liq firibgarlikda aybladi.

Nigeriya futbol federaciyasi Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi tarkibi yuzasidan FIFAga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.

Avvalroq Nigeriya terma jamoasi Afrika kvalifikaciyasining 3-bosqichida Kongo DR terma jamoasiga penaltilar seriyasida yutqazib, JCH-2026 ga chiqish imkoniyatini yo'qotgan edi. Kongoliklar qitalararo o'tish o'yinlarida qatnashish huquqini qo'lga kiritdilar.

"ESPN" xabariga ko'ra, Nigeriya futbol federaciyasi JCH saralashida o'ynagan Kongo DR terma jamoasining qo'sh fuqarolikka ega bo'lgan bir necha futbolchisi ustidan FIFAga shikoyat qilgan. SHikoyatda Evropa davlatlarida tug'ilgan olti nafardan to'qqiz nafargacha futbolchi Kongo DR sharafini himoya qilish huquqiga ega bo'lmagani, chunki ular qonunchilikka muvofiq Evropa pasportlaridan voz kechish tartibidan o'tmagani takidlangan.

"Kongo DR qonunlariga ko'ra, qo'sh fuqarolikka ega bo'lish mumkin emas. Ularning terma jamoasi o'yinchilaridan ko'pchiligida Evropa pasportlari bor – kimdadir Franciya, kimdadir Niderlandiya pasporti. Qoidalar juda aniq. Biz hozir hech narsa deyolmaymiz, lekin FIFAga protest bildirdik. O'z fuqaroligini bor-yo'g'i uch oy ichida olgan o'yinchilar bor. Biz buni reglament buzilishi deb hisoblaymiz.

FIFA qoidalari Kongo DR qonunlaridan farq qiladi, shuning uchun FIFA ularning ishtirokini maqullagan. FIFA qoidalariga ko'ra, agar sizda mamlakatingiz pasporti bo'lsa, musobaqalarda qatnashish huquqiga egasiz. Ammo biz FIFA aldanganini takidlamoqdamiz, chunki Kongo DR qonunlariga rioya etilishini nazorat qilish ularning vazifasiga kirmaydi. FIFA o'z qoidalariga amal qiladi va aynan FIFAga taqdim etilgan hujjatlar asosida ular futbolchilarning Evropa sport fuqaroligini bekor qilishgan. Biz buni firibgarlik deb hisoblaymiz", – dedi Nigeriya futbol federaciyasi (NFF) bosh kotibi Muhammed Sanusi.

Nigeriyaning shikoyati bo'yicha qaror mart oyida bo'lib o'tadigan qitalararo pley-off o'yinlari boshlanguniga qadar qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Kongo DR pley-off bahslarida g'alaba qozonsa, JCH-2026 guruh bosqichida O'zbekiston terma jamoasiga raqib bo'lishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing