14 apr 10:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Nigeriyalik “Dahshat” ikki yillik tanaffusdan so'ng ringga chiqdi
Bizning vaqt bilan bugun tong saharda AQSHning Nyu-Jersi shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshom doirasidagi janglarning birida superog'ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Semyuel Piter meksikalik Mario Erediaga qarshi ringga ko'tarildi.
Ikki yillik tanaffusdan so'ng faoliyatini qayta tiklagan 38 yoshli Piter uchinchi raundda 26 yoshli raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Lekin muvaffaqiyatini rivojlantira olmadi. Yakunda hakamlar 79-72, 75-76, 74-77 hisobida Eredianing g'alabasini taminlashdi.
Havola :
Fikrlar