16 apr 19:25
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova katta tanaffusdan so'ng qaytdi
Franciyaning Korsika oroli Kalvi shaharchasida tennis bo'yicha ITF turniri bo'lib o'tmoqda.
Etiborlisi, W75 toifasiga kiruvchi Calvi Women turnirida hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham o'z omadini sinab ko'rdi. Uzoq muddat kortdan tashqarida bo'lgan tennischimiz ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va muxlislar qatoridan joy oldi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi 80 daqiqa davom etgan 1/16 final bosqich uchrashuvida polshalik Ursula Radvanskaga 2/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Tajribali Ursula WTA reytingida 455, Nigina esa 711-pog'onani egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Ilk bahs 2016 yilning 28 iyul kuni Xitoyning Uxan shahridagi turnirda o'tkazilgan bo'lib, unda Abduraimova g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar