13 avg 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Nihoyat, Endi Ruis revansh jangi shartnomasiga imzo chekdi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Endi Ruis sobiq chempion Entoni Joshuaga qarshi kechadigan revansh jangi shartnomasiga o'z imzosini qo'ydi.
"Har ikki bokschi ham shartnomaga qo'l qo'ydi. Revansh jangi 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Bu to'qnashuv so'zsiz "Yil jangi" bo'ladi”, - dedi Joshuaning promouteri Eddi Xirn.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Endi Ruis revansh jangiga katta pul so'rayotgani va Saudiya Arabistoni varianti yoqmayotganini sabab sifatida ko'rsatib, shartnomaga imzo chekmayotgan edi.
Havola :
Fikrlar