22 okt 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Nihoyat! Hasanboy Do'smatovning raqibi aniqlandi, debyut jang Xitoyda o'tkaziladi
Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, dunyoning eng yaxshi bokschisi Hasanboy Do'smatov professional boksdagi debyut jangini o'tkazadi.
Andijon o'g'loni 10 noyabr kuni Xitoyning Fujou shahrida ringga ko'tariladi. Bugun Hasanboyning debyut jangidagi raqibi malum bo'ldi. U - xitoylik bokschi De Bin Joudir!
Malumot uchun, De Bin shu kungacha prof ringda 5 ta jang o'tkazgan. Uchta jangda g'alaba qozongan. Bitta jangda mag'lubiyatga uchragan va yana birida durang natija qayd etilgan. Ikkita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. O'zi ham bir bor shunday holatga tushib qolgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar